29 noy 08:16
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Turkiyadagi turnirda asosiy to'rga chiqdi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Hamyurtimiz
sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash
bahslarida ishtirok etayotgan edi. Saralashda
uchinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov asosiy to'rga yo'llanma beruvchi
uchrashuvda boliviyalik Luis Diego Villalpando CHavesni 6:2, 6:1 hisobida mag'lub
etdi.
Malumot uchun, Humoyun saralash bosqichining birinchi davrasida Xitoy Taypeyi vakili Bang CHuo Yinni 6:1, 6:2, ikkinchi bosqichda turkiyalik Gokberk Ergenemanni 1:6, 7:6(6), 6:1 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar