02 dek 09:27
Yangiliklar
Tennis

Sultonov Turkiyadagi turnirda finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan turnirning juftlik bahslarida ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning juftlik bahslarida yarim final uchrashuvini o'tkazdi. Sultonov turkiyalik Gokberk Ergeneman bilan juftlik hosil qilgan.
Ular 1 soatu 25 daqiqa davom etgan yarim final
uchrashuvida turnirning to'rtinchi raqamli juftligi - germaniyalik tennischilar Yan
CHoinski va Peter Torebkoni 7:5, 6:3 hisobida taslim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar