19 noy 11:58
Yangiliklar
Sultonov va Fayziev asosiy to'rga chiqa olishmadi
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada uch nafar hamyurtimiz ham ishtirok etayotgandi. Ulardan Jo'rabek Karimov saralashning ilk davrasidayoq noregiyalik Viktor Durasovichga 6:7, 5:7 hisobida yutqazgandi.
Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov hindistonlik Kunal Anandni 6/3, 6/0, Sanjar Fayziev esa yana bir mezbonlar vakili Ravat Sidxartni 6:1, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Afsuski, Humoyun ham, Sanjar ham asosiy to'rga yo'llanma ola bilishmadi. Sultonov ukrainalik Danilo Kalenichenkoga 7/5, 6/7(3), 4/6, Fayziev esa italiyalik Franchesko Vilardoga 6/2, 6/7(5), 5/7 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Endi Fayziev bor etiborini turnirning juftlik bahslaridagi ishtirokiga qaratadi. Sanjar qozog'istonlik Aleksandr Nedovesov bilan juftlik hosil qilgan.
Fikrlar