So’nggi yangiliklar

19:19IBA ЖЧ-2027 учун мукофот жамғармаси эълон қилди 0 18:48Сибирцев Остонада ўтаётган Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 18:17Исроил Мадримовнинг вазнида WBC рейтинги янгиланди 0 17:46Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади 0 17:15Мағлубиятсиз Фарид Башарат UFC ростеридан чиқарилди 0 16:44UFC президенти Раҳмонов ва мағлубият нималигини билмай келаётган нокаутчи ўртасидаги жанг ҳақида баёнот берди 0 16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0

03 sen 16:48
Yangiliklar

Tennis

Sultonov Xitoy "CHellenjer"ining 1/8 finalida kortga chiqdi

Xitoyning CHjanczyagan shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 107 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

International Challenger-Zhangjiagang saralash turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov ikki g'alabasi evaziga asosiy to'r yo'llanmasiga ega chiqqan edi. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin esa reytingdagi o'rni bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi.  

Etiborlisi, qura natijasiga ko'ra ikki tennischimiz asosiy to'rning ilk davrasida o'zaro to'qnash keldi va unda Sultonov Fominni 7/5, 6/0 hisobida mag'lubyatga uchratdi. Afsusuki, Humoyunning o'zi ham 1/8 finalda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 

Tennischimiz bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda avstraliyalik 24 yoshli Enco Agiardga 6/7(1), 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. ATP reytingida 513-pog'onada borayotgan Yashil qita vakili 1/16 finalda turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan, dunyoning 255-raketkasi, yaponiyalik Xayato Macuokani musobaqadan chiqarib yuborgandi - 6/3, 6/4. 

Taqqoslash uchun, ayni paytda Sultonov ATP reytingida 466, Fomin esa 295-o'rinni egallab turibdi. Humoyun 7, Enco 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar hamyurtimizda ko'p bo'ldi - 2 ga 0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing