So’nggi yangiliklar

21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0

11 may 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

Superbet Poland Rapid & Blitz. Vey I rapid turniri g'olibi. Nodirbek Abdusattorovning natijasi qanday bo'ldi?

Polsha poytaxti Varshava shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Superbet Poland Rapid & Blitz turnirida rapid bahslari ortda qoldi.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada dunyoning kuchli 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahslarga kirishgandi. Kecha rapid turniri yakunlandi va unda xitoylik Vey I 13 ochko bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. O'nta turda mag'lubiyatga uchramagan Magnus Karlsen 12 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. 

Dunyo reytingida 5-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 8 ochko jamg'arib, hindistonlik Erigaysi bilan 6-7 o'rinlarni bo'lishib oldi. Kecha rapid turnirining so'nggi kuni shaxmatchilar uchta partiyada o'zaro dona surishdi. Nodirbek Vey Iga qarshi qorada donalarda o'ynab yutqazdi. Yan-Kshishtof Duda va Kirilli SHevchenko bilan durangga imzo chekdi.    

Vey I - Nodirbek Abdusattorov partiyasi 

Bugun ikki davrali blic turniriga start beriladi. Unda har bir g'alabaga 1, durangga esa 0,5 ochko taqdim etiladi. Turnir g'olibi 40 000 dollarga ega bo'ladi.   

Ishtirokchilar: Magnus Karlsen (Norvegiya, rapid 2828/blic 2886), Vey I (Xitoy, 2758/2684), Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2748/2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2733/2661), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2704/2675), Anish Giri (Niderlandiya, 2687/2715), Arjun Erigaysi (Hindiston, 2671/2744), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2649/2651), Vinsent Kaymer (Germaniya, 2647/2610), Kirill SHevchenko (Ruminiya, 2622/2546).

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing