So’nggi yangiliklar

13:44UFC P4P рейтинги янгиланди: Харрисон Шевченкони ортда қолдирди, Ган Топ-10`да! 0 13:13"Манчестер Сити" Ҳоландни 175 миллион еврога сотишга тайёр 0 12:42Россияни четлаштирган халқаро хоккей федерацияси сайти бузиб кирилди 0 12:11Чимаев чемпионлик унвонини ҳимоя қилади. Рақиб собиқ UFC чемпиони + ПОСТЕР 0 11:40Ўзбекистонда ҳокимларнинг спорт бўйича маслаҳатчиси лавозими жорий этилди 0 11:09Бразилияда қарздорликка қарши жиддий кураш бошланди 0 10:38Осиё Миллатлар кубогида икки шахматимиз индивидуал совринга эга чиқди + ФОТО 0 10:07UFC мухлислари Кормьени шарҳловчиликдан бўшатишни талаб қилмоқда 0 09:36"Шара Буллет"нинг рақиби жангни сотиш ҳақидаги айбловига жавоб берди 0 09:05Месси AFA'дан ўз исмидан тижорий мақсадларда фойдаланишни тўхтатишни талаб қилади 0 08:34Волков UFC билан янги шартнома имзолади 0 08:03Жей Опетая cафдан чиқди, Деонтей Уайлдер рақибсиз қолди 0 07:32Сирил Ган Жош Хокит билан жангдан сўнг илк бор баёнот берди 0 07:01Фабио Каннаваро: "Ўртоқлик ўйинларидаги натижа эса муҳим эмас" (+ВИДЕО) 0 18:48"Уни нафақага кузатаман" - Пэдди Пимблетт Топурия билан жанг қилишни истамоқда 0

21 iyu 10:41
Yangiliklar

Futbol

Superliga. Bugun "Metallurg" Andijonda mehmon, Muborakda Qashqadaryo derbisi bo'ladi

Teglar :  Futbol
Bugun Coca Cola Superligasida 5-tur o'yinlari yakuniga etadi.

Coca Cola Superliga. 5-tur
21 iyun, yakshanba
19:00 - “Andijon” – “Metallurg”
Hakamlar:
Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Ushbu klublar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 36 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. SHundan 14tasida Bekobod klubi, 12tasida Andijon klubi g'olib bo'lgan. Qolgan 10ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. "Metallurg" o'z tarixida bir marta Andijonda g'alabaga erishgan (2011 yil). "Burgutlar" o'z maydonidagi so'nggi 6ta o'yinning faqat bittasida g'olib bo'lishgan (4ta durang va 1ta mag'lubiyat). "Andijon" bu mavsum 4-turdan keyin g'alaba qozona olmagan uchta klubdan biri bo'lib turibdi.

Coca Cola Superliga. 5-tur
21 iyun, yakshanba
19:00 - “Mashal” – “Nasaf”
Hakamlar: 
SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Qashqadaryoning ikki klubi restartni bir xil, 2:2 hisobidagi natija bilan boshlashdi. Bu jamoalar hozirga qadar 30 bor to'qnash kelishgan. 16ta uchrashuvda "ajdarlar" g'olib bo'lgan, 8ta o'yinda "gazchilar" zafar quchishgan. Yana 6ta bahsda durang qayd etilgan. Muborakda o'tgan 15ta uchrashuvdan 3tasida "Nasaf" g'alabaga erishgan. Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi 3ta uchrashuvning barchasida "Nasaf" g'olib bo'lgan. Joriy mavsum "Mashal" Muborakda ikkita o'yin o'tkazdi va umuman mag'lub bo'lmadi. "Nasaf" esa safarda ikkita o'yinda maydonga tushdi va ikkita g'alabaga erishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing