03 noy 09:50
Yangiliklar
Futbol

Superliga. Bugun "So'g'diyona" "Metallurg" bilan o'ynaydi
Bugun Superliganing 22-turidan o'rin olgan so'nggi bahs Jizzaxda bo'lib o'tadi.
Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionati doirasida hozirga qadar 37 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar mutlaqo teng: Ikkala jamoa ham 15 martadan g'alabaga erishgan va 7 marta durang o'ynashgan.
Qizig'i, bu o'yinlarda "Metallurg" ham, "So'g'diyona" ham 51 tadan gol urishgan. Birinchi davrada Bekobodda o'tgan bahsda "Metallurg" 2:0 hisobida g'olib bo'lgandi.
SO'G'DIYONA – METALLURG
3 noyabr 2020 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 16:00
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Farruh Yansupov
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar