So’nggi yangiliklar

18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0

14 avg 09:48
Yangiliklar

Futbol

Superliga qaytmoqda! Bugungi "Buxoro" - "Bunyodkor" o'yini uchun prevyu

Bugun 14 avgust kuni Coca Cola Superligasi 9-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahs bo'lib o'tadi.

Aslida mazkur bahs 14 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq "Bunyodkor" klubi azosida koronavirus infekciyasi aniqlangani bois o'yin boshya muddatga qoldirilgandi. "Buxoro" bu mavsum g'alaba qozona olmagan uchta klubdan biri bo'lib turibdi. "Bunyodkor" esa oxirgi uchta turda umuman mag'lub bo'lgani yo'q.

Superligada yuzaga kelgan ikkinchi majburiy tanaffus vaqtida "Buxoro" murabbiylar shtabida o'zgarish yuzaga keldi. Muhsin Muhammadiev bilan kelishilgan holda shartnoma bekor qilindi va uning o'rnini Jamshid Saidov egalladi. Murabbiylar shtabiga ruminiyalik Avgustin CHirita keldi, Nikolay Minchev esa texnik direktor lavozimida ish boshladi. Jamoaga Maksimilian Fomin va Ilhom Alijonov kabi himoyachilar kelishdi. Mart oyida o'z yurtiga uchib ketgan kanadalik legioner Milovan Kapor esa yaqinda "Atletiko Ottava" klubi bilan shartnoma tuzdi.

"Bunyodkor"da esa klub rahbariyatida o'zgarish yuzaga keldi. Bosh direktor Ulug'bek Mirzaev o'rniga Ayniddin G'iyosov tayinlandi. Jamoaning sobiq azosi Xurshid G'iyosov yana "Bunyodkor"ga qaytdi. "Mashal"dan ijaraga olingan Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov Muborak klubiga qaytib ketishdi.

"Buxoro" va "Bunyodkor" klublari hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 26 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida. 19 bor Toshkent klubi g'olib bo'lgan, 6 bor durang qayd etilgan va faqat bir marta "Buxoro" zafar quchgan.

O'zaro oxirgi 7 ta uchrashuvda "Buxoro" umuman g'alaba qozona olmagan. O'tgan mavsumda bu ikki klub o'rtasidagi har ikkala bahs ham durang natijasi bilan tugagan.

Bu jamoalarning U-21 Birinchiligi doirasidagi o'yini 15 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq kecha ushbu bahs 30 avgustga qoldirilgani haqida xabar berildi. Buning sababi yozilgani yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing