So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

18 dek 10:50
Yangiliklar

Futbol

“Supermokh Cup 2016”. “Bunyodkor” “San-Paulo”ga yutqazdi va 4-o'rinni egalladi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan “Supermokh Cup 2016” turnirining g'olib va sovrindorlari aniqlanmoqda.

Bugun kunning birinchi yarmida U-14 yosh toifasida “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Braziliyaning “San Paulo” jamoasi vakillari bilan uchinchi o'rin uchun kuch sinashishdi. 

Uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. Lotin Amerikasi vakillari jismoniy va texnik jihatdan biroz ustunlik qilishdi va yaratgan vaziyatlarni golga aylantirishda aniq harakat qilishdi. Buning natijasida “San-Paulo” 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

SHu tariqa, Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi 2002 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat “Bunyodkor” 20ta jamoa ishtirok etgan turnirda 4-o'rinni egalladi.


Kunning ikkinchi yarmida bo'lib o'tadigan final bahsida Portugaliyaning “Lissabon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari mahalliy Malayziya pumalari jamoasi bilan bellashadi.

2004 yilda tavallud topgan jamoamiz esa bugun Bruney qirolligining “Tabuan” klubi bilan kuch sinashdi va yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi. “Bunyodkor” gollariga Mirkamol Abdurazzoqov (2ta), SHahzodbek Akbaraliev va Akobirjon Ahmadjonov mualliflik qilishdi.

SHu tariqa, Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov boshchiligidagi U-12 futbolchilari turnirni g'alaba bilan yakunladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing