17 dek 11:40
Yangiliklar

“Supermokh Cup 2016”. “Bunyodkor” yarim finalda to'xtatildi
Bugun “Bunyodkor”ning har ikkala jamoasi o'z uchrashuvlarini o'tkazishdi. 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoa kecha Franciyaning PSJ futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini irodali tarzda mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'llanma olgandi.
Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev shogirdlari finalga chiqish uchun bugun Malayziya pumalari jamoasi bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda yosh “qaldirg'ochlar” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Yagona javob to'pini Diyorbek Rahimqulov jarima zarbasidan kiritdi.
2004 yilda tug'ilgan futbolchilar esa guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'ta olmagan sakkizta jamoa bilan kichik kubok uchun kurash olib borayotgandi. Afsuski, Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov shogirdlari bugun Janubiy Koreyaning “Byulnay” jamoasiga yutqazib qo'ydi – 0:2.
Fikrlar