02 iyu 13:39
Yangiliklar

Superunited Rapid & Blitz Croatia 2025. Bugun Nodirbek Abdusattorov yulduzli turnirdagi ishtirokini boshlaydi
Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa rapid va blic yo'nalishlarida o'tkailadi. Unda Magnus Karlsen, Gukesh Dommaradju, Fabuano Karuana singari shaxmat yulduzlari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham sovrinli o'rinlar uchun dona suradi.
Musobaqa aylanma formatda o'tkaziladi. Rapid bahslari 9, blic uchashuvlari esa 18 partiyadan iborat bo'ladi.
Musobaqa ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana, Uesli So (ikkisi ham AQSH), Gukesh Dommaradju, Rameshbabu Praggnanandha (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri (Niderlandiya), Yan-Krishtof Duda (Polsha), Alireza Firuzdja (Franciya), Ivan Sarich (Xorvatiya)
Bugun musobaqaning ilk kuni rapid bahslari doirasida 3 ta tur partiyalari o'tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov 1-turda qora donalarda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi turdagi raqib Rameshbabu Praggnanandha bo'ladi. Nodirbek Toshkentdagi turnirdagi mag'lubiyat uchun revansh olish imkoniyatiga ega. Uchinchi turda esa mezbonlar vakili Ivan Sarich bilan hisob-kitob qiladi.
Fikrlar