So’nggi yangiliklar

15:23Тер Штеген АПЛга кўчиб ўтиши мумкин 0 15:02Мураббий Жейрон Эннис учун энг хавфли рақибни айтди 0 14:41Дрикус Дю Плесси: "Чимаев Алекс Перейрага қарши жангда имкониятларга эга бўлмайди" 0 14:20Ричард Торрес навбатдаги жангини Мексикада ўтказади + ПОСТЕР 0 13:59Янги қарор сабабли мухлислар ЖЧ вақтида АҚШ ҳудудига кира олмасликлари мумкин 0 13:38Медведев Қозоғистондаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 13:17Мужибилло Турсунов WBC Гран-при 1/2 финали олдидан тарозига чиқди + ФОТО 0 12:56"Ҳайрон бўлмадим". Чимаев Анкалаевнинг UFC 320 даги мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 12:35Абдуқодир Ҳусанов биринчи ўринда! 0 12:14"Янда Двалишвилини тўхтата оладиган нимадир кўрмаяпман" - собиқ UFC жангчиси 0 11:53UFC'нинг яна бир таниқли собиқ аралаш яккакураш устаси ACA'да жанг қилади (ПОСТЕР) 0 11:32Чирчиқда белбоғли кураш бўйича халқаро Дўстлик турнири ўтказилди 0 11:11Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 10:50Хабиб Нурмагомедов Геннадий Головкин билан учрашиб қолди + ФОТО 0 10:29UFC Вальтер Уокернинг навбатдаги жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0

07 iyu 12:56
Yangiliklar

SHaxmat

Superunited Rapid & Blitz Croatia. Magnus 40 000, Nodirbek va qolganlar qancha $ ishlab olishdi?

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Superunited Rapid & Blitz Croatia turniri bo'lib o'tdi.

Bundan avvalgi xabarda musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishtirgan edik. CHempion Magnus Karlsen muvaffaqiyatli ishtirokidan 40 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Ikkinchi o'rinni egallagan amerikalik Uesli So 30 000, uchinchi o'rin sohibi Gukesh Dommaradju 25 000 dollarga ega bo'ldi. Oltinchi pog'onadan joy olgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 5 GCT ochkosi hamda 11 000 dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi. Eng oxirgi o'rinni egallagan serbiyalik Ivan Sarich hamyonini 7 000 dollarga boyitib oldi. 

Taqqoslash uchun, grossmeysterimiz may oyida o'tkazilgan Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirida 5-o'rinni egallagandi. O'shanda Nodirbek 10 kunlik mehnatidan 6 GCT ochkosi hamda 26 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab olgan edi. 

Nufuzli "Grand Chess Tour" turkumiga kiruvchi musobaqalarning uchta bosqichi yakunlari bo'yicha har uchchala turnirda qatnashgan Rameshbabu Praggnanandha 110,666 dollar mukofot puli bilan birinchi o'rinni egallagan. Alireza Firuzdja 100,166 dollar bilan bu ro'yxatda ikkinchi, Maksim Vashe-Lagrav esa 97,666 dollar bilan uchinchi pog'onadan joy olgan. Ikkita bosqichda qatnashgan Abdusattorov esa 37 000 dollar ishlab topgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing