So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

07 iyu 11:11
Yangiliklar

SHaxmat

Superunited Rapid & Blitz Croatia. Magnus chempion bo'lgan turnirda Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli "Grand Chess Tour" turkumiga kiruvchi musobaqalarning hisob bo'yicha uchinchisi yakunlandi.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa rapid va blic yo'nalishlarida o'tkazildi. Unda Magnus Karlsen, Gukesh Dommaradju, Fabiano Karuana singari shaxmat yulduzlari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham sovrinli o'rinlar uchun dona surdi.    

Musobaqaning so'nggi ikki kuni ishtirokchilar blic, yani tezkor shaxmatda o'zaro hisob-kitob qilishdi. Nodirbek Abdusattorov 18 ta partiyaning teng yarmi, yani 9 tasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Beshta uchrashuvda durang o'ynagan bo'lsa, 4 tasida imkoniyatni boy berdi. 

So'nggi kun blic bahslarida Magnus Karlsen, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju, Ivan Sarich, Rameshbabu Praggnanandha va Anish Girini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bu bilan Nodirbek blic turnirida 12 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindagi Uesli So hisobida ham 12 ochko bor. Magnus Karlsen 12,5 ochko bilan blic turniri g'olibi bo'ldi.  

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov rapid va blic turniri natijalariga ko'ra 18 ochko bilan 6-o'rinni band etdi. Rapid bahslaridagi omadsiz ishtirok Abdusattorovga yakunda qimmatga tushdi. To'rtinchi hamda beshinchi o'rinlardagi Yan-Krishtoff Duda va Alireza Firuzdja hisobida 19 tadan ochko bor. Agar blicning so'nggi turida Nodirbek Alirezani yutganida hozir o'rinlar almashib turgan bo'lardi. 

Kutilganidek, Magnus Karlsen 22,5 ochko jamg'arib, Superunited Rapid & Blitz Croatia chempioniga aylandi. Uesli So 20 ochko bilan ikkinchi o'rindan joy olgan bo'lsa, Gukesh Dommaradju 19,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing