So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

27 avg 17:28
Yangiliklar

Boshqalar

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sodir bo'lgan holat yuzasidan rasmiy bayonot

Teglar :  Sport vazirligi
SHu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida joriy yil 23 avgust kuni kechki soat 22:30larda “Istiqlol” mahallasida joylashgan suniy qoplamali futbol maydonida futbol o'yini paytida yuzaga kelgan janjal oqibatida 16 yoshli Islom Xurramovning voqea joyida vafot etgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu holatni o'rganib chiqdi va quyidagilarni malum qiladi:

2020 yil 23 avgust kuni kechki soat 22:30larda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan fuqaro Aliqulov Zafar Toshpo'latovichga tegishli suniy qoplamali kichik futbol maydonida futbol o'ynab turgan shu mahallada istiqomat qiluvchi 2004 yilda tug'ilgan, voyaga etmagan Aliqulov Asrorbek Zafar o'g'li raqib jamoa safida futbol o'ynayotgan, shu mahallada yashovchi fuqaro G'aniev Erkinning uyiga mehmon bo'lib kelgan Termiz tumani “Temiryo'lchi” mahallasida istiqomat qiluvchi 2004 yilda tug'ilgan, voyaga etmagan Xurramov Islom Mamur o'g'li bilan o'yin davomida tortishib qoladi. Ular o'yin vaqtida maydonni tark etib, o'yingoh yon tomonida joylashgan “Istiqlol” MFY idorasi yonida janjalni davom ettirishadi. Natijada A.Aliqulov I.Xurramovning old ko'krak o'rta sohasiga urib, tan jarohati etkazgan. Islom Xurramovning kuchli zarbdan sog'ligi yomonlashib, voqea joyida vafot etadi.

Takidlash kerak, 2020 yil 23 avgust kuni Qiziriq tuman sport bo'limi hamda tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan hech qanday sport tadbiri va musobaqa o'tkazilmagan. Mazkur holat ham sport musobaqalari paytida sodir bo'lmaganligini malum qilamiz.

SHuni ham qo'shimcha qilish kerak, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan sport tadbirlari karantin talablari asosida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilingan holda o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing