So’nggi yangiliklar

17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 16:17"Ризеспор" матбуот хизмати Ҳусниддин Алиқулов ҳолати бўйича расмий маълумот берди 0 15:46Шара Буллет собиқ UFC чемпионига қарши жанг қилади 0 15:15Жаҳон чемпионати старт олмоқда, бугун икки боксчимиз рингга чиқади 0 14:44Фьюрининг менежери: "Саудия Арабистони энди бундай катта маблағ сарфламайди" 0 14:13Апелляция муваффақиятсиз чиққан тақдирда "Сити" 7-10 йилга Еврокубоклардан четлатилиши мумкин 0 13:42Классик шахматда катта ўзгариш: партиялар вақти қисқариши мумкин! 0 13:11Рико Верховен Деонтей Уайлдерга қарши жанг қилишга розилик берди 0 12:40Дана Уайт Перейранинг UFC шарҳловчиларига таъсир ўтказиши ҳақидаги гапларини рад этди 0 12:09Муҳаммад Салоҳ Еврокубокларда ҳали ҳеч ким қилган натижага эришди 0 11:38Фарид Башарат: "Кутдим, аммо бу содир бўлмади" 0 11:07Собиқ Bellator чемпиони вазн қилиш учун сочини кесди + ФОТО 0 10:36UFC 333 турнири ҳарбий ҳаракатлар сабаб БААдан кўчирилиши мумкинми? Дана Уайт жавоб берди 0

02 iyu 19:19
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi trenerlar kengashining ochiq yig'ilishi bo'lib o'tdi

Teglar :  Suv sportiVazirlik
Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi trenerlar kengashining ochiq yig'ilishi o'tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov olib borgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezident Administraciyasi xodimi SHavkat Sultanov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Suv sporti turlari bo'yicha ROSMM direktori Komil Xolmatov hamda trenerlar kengashi azolari va sportchilar ishtirok etdi. Yig'ilishni Zoom platformasi orqali MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ham kuzatib bordi.

Dastlab Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bosh mutaxassisi Akrom Nizametdinov suv sporti turlari bo'yicha ROSMM azolarining 2018 yildan 2020 yilning o'tgan davriga qadar erishilgan yutuqlari haqida hisobot taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha milliy terma jamoa azolari 2018 yilda o'tkazilgan turli xalqaro musobaqalarda jami 226ta (shundan 119ta oltin, 66ta kumush, 41ta bronza) medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2019 yilda ushbu ko'rsatkich atigi 19tani (11ta oltin, 6ta kumush, 2ta bronza) tashkil etgan.

Akademik eshkak eshish sportida esa vakillarimiz 2018 yilda jami 14ta (8ta oltin, 3tadan kumush va bronza) medalga sazovor bo'lgan. 2019 yilga kelib yutuqlar salmog'i ortdi hamda sportchilarimiz 18ta (10-7-3) medal bilan taqdirlanishdi.

Tokio olimpiadasiga esa ushbu sport turlaridan vakillarimiz bugungacha atigi 5ta (shundan uchtasi paralimpiya yo'nalishi) yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Ochiq yig'ilishda so'zga chiqqan akademik eshkak eshish bo'yicha terma jamoa bosh treneri Vyacheslav Didrix shu kungacha amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib, ushbu yo'nalishdan Tokio olimpiadasiga kamida to'rtta yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganligi va buning uchun imkoniyatlar etarli ekanligini bildirdi.

SHuningdek, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoa azolari ham XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga yana kamida 3-4ta yo'llanma olish uchun real imkoniyatga egaligi takidlandi.

Yig'ilishda sportchi, trener hamda Suv sporti turlari bo'yicha ROSMM o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, trenerlar kengashining ish yuritish uslubi va lozim bo'lsa tarkibini ham qayta ko'rib chiqish, sohaga yosh, iqtidorli trenerlarni jalb qilish, o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ilg'or zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, selekciya ishlarini yanada kuchaytirish, qolaversa mamlakatimizda suv sporti turlari bilan shug'ullanuvchilar geografiyasini kengaytirish, milliy terma jamoalarning etakchi sportchilariga munosib zaxira tayyorlash borasida ham takliflar berilib, ular asosida «Yo'l xaritasi» ishlab chiqish tavsiya etildi.

Barcha orziqib kutayotgan to'rt yillikning nufuzli sport anjumani – Tokio-2020 olimpiadasi pandemiya sababli bir yilga kechiktirildi. Biroq, bu bilan sport hayoti to'xtab qolgani yo'q. Qolaversa, berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda sportchilarimiz har bir kunni g'animat bilib, mashg'ulotlarga yanada zo'r berishmas ekan, Olimpiya o'yinlarida ko'zlangan maqsadga erishishlari amri mahol.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing