06 noy 07:24
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash. Hamyurtlarimiz Malayziyadagi xalqaro turnir shohsupasiga ko'tarilishdi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida suvga sakrash bo'yicha xalqaro turnir o'tkazilmoqda
Musobaqada ishtirokini boshlagan O'zbekiston terma jamoasi azolari g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Jumladan, 3 metr balandlikdan sakrash bahslarida Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari ishtirokchisi Vyacheslav Kachanovning chiqishi kumush medal uchun etarli bo'ldi.
Bundan tashqari, Vyacheslav Kachanov hamda Igor Myalin juftlik bahslarida ham yuqori natijalarni qayd etishdi. Ular 10 metr balandlikdan suvga sakrashda uchinchi o'rinni band etishdi. Uch metr balandlikdan sakrash bellashuvlarida esa Kachanov va Myalin juftligi eng yuqori natijani bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
SHunday qilib, musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz azolari uchta medalni qo'lga kiritishdi.
Havola :
Fikrlar