20 may 18:30
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachilarimiz sakrash turlari bo'yicha Osiyo chempionatini ikkinchi o'rinda yakunlashdi
Xitoyning CHunsin shahrida engil atletikaning sakrash turlari bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o'rtasida kechgan uch hatlab sakrash dasturida yurtdoshimiz Ibrohim Mahkamov 16.40 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, musobaqada 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini jamg'argan sportchilarimiz umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o'rinni egallashdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar