06 dek 07:24
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash. Ikki "legioner"dan iborat O'zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi musobaqada ishtirok etadi
13-18 dekabr kunlari Rossiyaning Qozon shaxrida suvga sakrash bo'yicha "Do'stlik Kubogi" xalqaro musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov ham ishtirok etadi. Sportchilar 3 ta yo'nalishda o'tkaziladigan bahslarda qatnashishadi.
Malumot o'rnida, O'zbekiston suvga sakrash terma jamoasi asli rossiyalik bo'lgan Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanovni 2023 yil avgust oyidagi Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari oldidan o'z tarkibiga qo'shib olgan edi. Ular noyabr oyida Malayziyada o'tkazilgan xalqaro musobaqada 3 ta medal qo'lga kiritishgandi.
Takidlash joiz, Igor Myalin 2015 yilgi Kvangju Universiadasi g'olibi hisoblansa, Vyacheslav Kachanov o'smirlar o'rtasida 2021 yilgi Evropa chempionati g'olibligini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar