17 jan 18:46
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Germaniyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Ertaga, 18 yanvar kuni Germaniyaning Rostok shahrida suvga sakrash bo'yicha xalqaro musobaqa start oladi.
To'rt kun davom etadigan turnirda O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi. Kecha terma jamoamiz azolari Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov Germaniyaga yo'l oldi.
Sportchilarimizning turnirda ishtirok etuvchi dasturlari:
Igor Myalin - 1 metrlik tramplinda shaxsiy hisobda, 10 metr balandlikdan sakrashda shaxsiy hisobda va 3 metr tramplindan sinxron sakrashda
Vyacheslav Kachanov - 1 metrlik tramplinda shaxsiy hisobda, 3 metr tramplinda shaxsiy hisobda va 3 metr tramplinda sinxron sakrashda.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar