03 jan 14:01
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzish bo'yicha 2024 yilgi Jahon kubogi taqvimi elon qilindi
Suzish bo'yicha 2024 yilgi Jahon kubogi bahslari oktyabr va noyabr oylarida Osiyoning uchta shahrida o'tkaziladi.
Musobaqalar 25 metrlik basseynda uch kun davomida o'tkaziladi. Jahon kubogi Budapeshtda o'tadigan jahon chempionati uchun saralash bosqich vazifasini o'tab beradi.
Musobaqaning dastlabki turi 18-20 oktyabr kunlari Xitoyning SHanxay shahrida tashkil etiladi. Koreya Respublikasining Inchxon shahrida 24-26 oktyabr kunlari ikkinchi tur bo'lib o'tadi.
Jahon kubogining so'nggi bosqichi esa 31 oktyabr - 2 noyabr kunlari Singapurda tashkil etiladi.
Havola :
Fikrlar