So’nggi yangiliklar

19:29АФА президенти Скалонининг терма жамоадаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:56"Ростерни 100 фоиз йўқ қилади" — Топуриянинг менежери Абдель-Азизни кескин танқид қилди 0 18:18Ислам Махачев қайси стадионда жанг ўтказиш истагида эканини айтди 0 17:44Кормье Царукян ва Оливейра ўртасидаги жанг бекор қилинганини тасдиқлади 0 17:13"Атлетико" Серлотни 40 миллион еврога сотишга тайёр 0 16:37Карлос Пратес: "Кейинги жангда ўша лаънати камарини тортиб оламан" 0 16:03Дюбуа ва Уордли ўртасидаги иккинчи жанг санаси маълум бўлди 0 15:32Махачевнинг мураббийи: "Ислам Йен Гэррини партерга тушириши шарт эмас" 0 14:59"Ливерпуль" Баркола бўйича келишувга эришди 0 14:27Рой Жонс Усик иштирокидаги орзу қилинган жанг ҳақида гапирди 0 13:53Гэтжи Махачев билан жанг учун UFC чемпионлик камаридан воз кечмоқчи 0 13:26Абу-Даби UFC 333 турнирининг асосий жанги деярли маълум + ФОТО 0 13:01Беҳруз Каримов — "Лугано" футболчиси! 0 12:36WBА Мурат Гассиевнинг рақибини эълон қилди. У мағлубиятсиз британиялик! 0 12:05Шара Буллетнинг RAF лигасидаги дебюти ватандошига қарши бўлади + ПОСТЕР 0

05 mar 15:06
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzuvchilarimiz RIOZMIda shug'ullanishmoqda

Teglar :  ToshkentSuzish
Suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham bu yil uchun o'z oldilariga ulkan maqsadlarni qo'yishgan.

Vakillarimizni aprel oyida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa kutib turibdi. SHu bois ham terma jamoamiz azolari ushbu licenzion turnirlarga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internati havzasida suzish va para-suzish bo'yicha terma jamoamiz vakillarining qo'shma yig'ini davom etmoqda. Ayni paytda butun dunyo bo'yicha bir qator musobaqalar koronavirus sabab bekor qilinyapti. SHu bois har ikki jamoamiz o'zaro tajriba almashgan holda bo'lajak bahslarga hozirlik ko'rishni maqul ko'rdi.

Bo'lajak musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Yaratib berilayotgan barcha sharoitlar uchun hukumatimizga tashakkur aytib o'tmoqchiman. Biz esa bunga javoban katta mehnat qilmoqdamiz. Men 50 va 100 metr masofalarga suzish bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni niyat qilganman. Aprel oyida o'tadigan Jahon kubogida Olimpiada normativini bajarishni maqsad qilganman”, – dedi terma jamoamiz vakili Natalya Kritinina.

Atletlarimizning mashg'uloti reja asosida olib borilmoqda. 27 daraja iliqlikdagi suv haroratida kuniga 2 mahal o'tkazilayotgan mashg'ulotlar suzuvchilarimizning mahoratini yanada oshirishga xizmat qilishi tabiiy.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing