18 noy 07:26
Yangiliklar
Taekvondo
Svetlana Osipova - jahon chempioni!
Meksikada taekvondo bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun O'zbekiston musobaqadagi ilk oltin medalini qo'lga kiritdi.
Musobaqada +73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Svetlana Osipova terma jamoamizga ilk oltin medalni qo'lga kiritdi.
U musobaqa davomida AQSH, Marokash va Avstriya terma jamoalari vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi final bahsida esa u Isroil vakilasi Dana Azrandan ustun keldi va jahon chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar