11 fev 15:17
Yangiliklar
![](/upload/storage/322425_220.jpg)
Svetlana Osipova Parij-2024 Olimpiadasidan keyingi ilk musobaqasidayoq tengsiz bo'ldi, "Fujayra Open-2025"da ishtirok etgan barcha ayol sportchilarimiz g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi
Kun davomida ayollar o'rtasidagi bahslar o'tkazildi.
Unda O'zbekiston sharafini olti nafar taekvondochi — Madina SHoniyozova, Zuhra Tojimatova, Dilnoza Tangirova, SHabbona Abduvalieva, Ozoda Sobirjonova hamda Svetlana Osipova himoya qildi.
Quvonchlisi, yakunda barcha vakilalarimiz shohsupadan joy oldi. Terma jamoa azolari 1 ta oltin va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Svetlana Osipova (+73 kg).
Bronza:
Madina SHoniyozova (46 kg)
Zuhra Tojimatova (46 kg)
Laylo Xasanova (49 kg)
SHabbona Abduvalieva (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg).
* 73 kg vazn toifasidagi sportchi Polina Xan jarohati sabab musobaqani o'tkazib yubordi.
SHunday qilib, terma jamoamiz musobaqani jami 9 ta medal (2 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza) bilan yakunladi.
Fikrlar