11 avg 01:21
Yangiliklar
Taekvondo, Parij-2024
SVETLANA OSIPOVA PARIJ OLIMPIADASI KUMUSH MEDALI SOHIBASI!
Sportchimiz mustaqil O'zbekiston tarixida Olimpiada sovrindoriga aylangan ilk o'zbekistonlik ayol taekvondochiga aylandi.
+67 kg vazn toifasida milliy terma jamoamiz azosi Svetlana Osipova Parij Olimpiadasi finalida franciyalik Altea Lauringa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi, ammo musobaqaning kumush medalini qo'lga kiritdi.
Svetlanani O'zbek ayollar sporti tarixida yangi sahifa ochgani bilan tabriklaymiz, boisi, u nafaqat o'zbek ayol taekvondochilari orasida ilk bor Olimpiada sovrinloriga aylandi, balki, Olimpiada o'yinlarida kumush medalga ega chiqqan ilk o'zbekistonlik ayol sportchi bo'ldi. Bungacha, trampolindagi vakilamiz Ekaterina Xilko bronza (2008), dzyudochi qizimiz Diyora Keldiyorova oltin medalni qo'lga kiritgan edi (2024).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar