So’nggi yangiliklar

12:04Инфантино ЖЧ иштирокчилари сони борасида қарор қабул қилди 0 11:28Ислам Махачев Хабиб билан самбо қоидалари бўйича кўргазмали беллашув ўтказишга тайёрми? 0 10:42Бектемир Мелиқўзиев рақибини нокаутга учратди 0 10:07Самбочиларимиз Жаҳон чемпионатининг биринчи куни 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Фабио Каннаваро: “Ҳақиқий лидерни жамоанинг ўзи танлайди” 0 09:05"Лаънати Конор". Сехудо UFC`ни Макгрегор билан шартномани узайтирмасликка чақирди 0 08:34ONE чемпиони Ислам Махачевни адабини бериб қўймоқчи 0 08:03Карлос Пратес Ислам Махачев билан жанг учун сўнгги муддатни белгилади 0 07:32Фабио Каннаваро: “Илгари муаммолар кийиниш хонасида ҳал қилинарди, ҳозир эса...” 0 07:01UFC Fight Night 293 тарози натижалари. Асосий жанг иштирокчиси рақибидан 10 кг оғир чиқди 0 20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0

28 dek 17:04
Yangiliklar

Taekvondo

Svetlana Osipova: “Taekvondoga bo'lgan etibor yanada kuchaydi”

Bu yil ko'plab sport turlari qatori taekvondochilarimiz uchun ham omadli o'tdi.

Yil boshida o'tgan mintaqaviy ochiq turnirlar, Osiyo chempionati, Konya-2021 Islom birdamligi o'yinlari va jahon chempionatida ulkan natijalar qayd etildi. Yuqoridagi musobaqalarning deyarli barchasida chempionlikka erishgan Svetlana Osipova “Milliy sport mukofoti-2022” tadbirida “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” deb topildi. Umid qilamizki, ushbu nomga loyiq ko'rilgan atlet bilan tashkil etilgan intervyu Sizni befarq qoldirmaydi. Osipovaning yil yakunlari va 2023 yil oldiga qo'ygan maqsadlari mavzusida tashkil etilgan suhbatni etiboringizga havola etamiz:

– 2022 yil uchun tuzgan rejalaringiz qanchalik amalga oshdi? “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” bo'lishingizni kutganmidingiz?
– Bu yil men uchun ajoyib o'tdi. Boisi o'zim ishtirok etgan deyarli barcha musobaqada shohsupaga ko'tarildim. “Milliy sport mukofoti” tadbirida ko'p bor mehmon sifatida ishtirok etganman. Har doim men ham qachondir shu tadbirda “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominaciyasida g'alaba qozonarmikan deb o'ylar edim. Ammo bu g'alaba bunchalik tez kelishini kutmagan edim, to'g'risi. Bu men uchun katta xursandchilik taqdim qilish bilan birga, ulkan masuliyat ham yuklaydi. Kelgusida bu ishonchni oqlashga vada beraman.

– O'zbek taekvondosining so'nggi yillarda o'sib borayotgani nimalar bilan bog'liq deb o'ylaysiz?
– Taekvondoga bo'lgan etibor oxirgi yillarda yanada kuchaydi. Terma jamoamiz qo'lga kiritayotgan yuqori natijalar bizga qaratilayotgan etiborga bog'liq. Yil davomida muntazam ravishda o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lamiz. Biz ishtirok etadigan xorijiy musobaqalar soni ham oshdi. Bu esa xalqaro maydonda ham ulkan tajriba to'plashga yordam beradi. Qolaversa, kuchli selekciya natijasida terma jamoadagi ichki raqobat ham o'sdi. Bu ham biz erishayotgan yutuqlarning yana bir omili deya olaman.

– 2023 yilning muhim startlaridan biri shubhasiz Osiyo o'yinlari. 2018 yilgi qita Olimpiadasida juda yosh bo'lishingizga qaramay bronza medalini qo'lga kiritgan edingiz. Hozirga kelib ancha tajribangiz oshdi. Bu galgi raqiblar haqida nima deya olasiz?
– SHubhasiz, 2023 yil bizni kutib turgan eng asosiy musobaqalardan biri bu Osiyo o'yinlari. Unda ham Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynaladi. 2018 yil Indoneziyadagi musobaqada kattalar toifasiga endi qadam qo'ya boshlagan paytim edi. SHunga qaramay, bronza medalini qo'lga kiritganman. O'shanda shohsupadan Koreya Respublikasi, Qozog'iston, O'zbekiston va Xitoy terma jamoasi vakillari joy olishgan edi. Raqibalarimning imkoniyatlaridan kelib chiqib, Xanchjouda ham shohsupada ushbu mamlakat vakillari bo'lishini taxmin qilyapman. Albatta, bunda eng yuqori pog'onaga ko'tarilishim uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

– Sizga Olimpiya vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda -73 kg dagi raqiblar ko'proq noqulaymi yoki +73 dagilarmi?
– To'g'ri, Olimpiya o'yinlari va Gran-prilarda har ikki toifa birlashtirilib, +67 kg vazn deb yuritiladi. Bunda -73 va +73 kg vazn toifalaridagi sportchilar o'zaro jang qilishadi. Har ikki yo'nalishning ham alohida kuchli tomoni bor. -73 kgdagi sportchilar nisbatan tezroq ishlashadi, ularning “arsenali”dagi zarbalari ham ko'proq bo'ladi. +73 kg vakillarida tezlik past bo'lsa ham, ular vazn toifasidagi ustunlikka ega. Ko'pchiligi 80 kg va undan yuqori vaznga ega. Ular bilan ishlash ham o'ziga yarasha qiyin. SHu bois, murakkablik jihatdan birini tanlay olmayman.

– Yangi yildan nimalar kutmoqdasiz?
– Asosiysi, oilam, yaqinlarim va barchamiz sog'-salomat bo'laylik. Yangi yilda ham bu yilgidan kam bo'lmagan natijalar, yangi g'alabalar kutib qolaman. 2023 yil faoliyatimda o'ziga xos xotiralar bilan eslanadigan yil bo'lishini istayman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing