10 sen 19:48
Yangiliklar
Svetlana Radzivil Qitalararo kubokda kumush medal sohibasiga aylandi
Unda qitamiz nomidan ikki nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. Ayollar o'rtasida yaqindagina Osiyo o'yinlari g'olibasiga aylangan Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo'yicha bahslarga kirishgan bo'lsa, erkaklar o'rtasida Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi Ruslan Qurbonov uchxatlab sakrash musobaqalarida o'z omadini sinab ko'rdi.
Balandlikka sakrash bo'yicha ayollar o'rtasida jahonning eng kuchli sakkiz nafar sportchisi startga chiqdi. Quvonarlisi, Osiyo sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1,95 metr balandlikni zabt etdi va kumush medalga ega chiqdi. Birinchi o'rinni rossiyalik Mariya Lasickene (2 metr) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Sent-Lyusiya vakilasi Levern Spencer (1,93 metr) yakun yasadi.
Uchxatlab sakrash bo'yicha bahslarda qatnashgan Ruslan Qurbonov esa 16,34 metr natija bilan oltinchi ko'rsatkichni qayd etdi.
Fikrlar