17 jan 18:39
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Svetlana Radzivilni tabriklaymiz!
Bugun o'zbek sportida o'z nomini qoldirib ulgurgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil tavallud ayyomini nishonlamoqda.
			Svetlana Mixaylovna Radzivil 1987 yil 17 yanvar kuni Toshkentda tavallud topgan. Engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishi bo'yicha Osiyo o'yinlarining uch karra chempioni, ko'p karra qita chempionati g'olibi va sovrindori bo'lgan vakilimiz bugun 34 yoshni qarshi olmoqda.
Svetlana Radzivil faoliyati davomida Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qildi. 2019 yilning oktyabr oyida poytaxtimizda o'tgan xalqaro musobaqada Tokio-2020 normativini bajarib, navbatdagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar