15 fev 07:43
Yangiliklar
Tennis

Svitolina faoliyatida ilk bor Doha turniri yarim finaliga chiqdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolina chorak finalda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. Ukrainalik tennis malikasi chexiyalik Karolina Muxovani 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Bu bilan Svitolina faoliyatida ilk bor Doha turnirining yarim finalida o'ynaydi. Muxova asosiy to'rga saralash bahslaridagi g'alabalari orqali etib kelgandi. Endi Elina ruminiyalik Simona Xalepga qarshi final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar