04 jan 10:25
Yangiliklar
Futbol

"T-Tim" Farhod Tojievga shartnoma taklif qildi
O'zbekistonlik hujumchi Farhod Tojiev faoliyatini yana Malayziyada davom ettiradi.
Futbolchi kuni kecha "ATM" klubiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi. "T-Tim" bu o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. SHu bahsdan so'ng rahbariyat Tojievga shartnoma taklif qildi.
Farhod o'z vaqtida aynan shu klub sharafini himoya qilganini ko'pchilik yaxshi biladi. "T-Tim" safida o'zbekistonlik Dilshod SHarofetdinov to'p tepadi. Bundan tashqari yana bir hamyurtimiz SHavkat Salomov jamoada ko'rikdan o'tmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar