11 noy 14:49
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				 
				
			 
				Taekvondo. Iordaniyadagi musobaqada ishtirok etgan barcha sportchilarimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi
9-10 noyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifidagi V "Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti kubogi" musobaqasi o'tkazildi.
			Xabar berganimizdek, musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar sportchisi ishtirok etdi. Sportchilarimiz yakunda 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega bo'lishdi.
Kumush:
Jasurbek Jaysunov (-74 kg)
Nikita Rafalovich (-87 kg)
Bronza:
Feruza Sodiqova (-62 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg)
SHuhrat Salaev (-80 kg).
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar