09 iyu 14:45
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Rim Gran-Prisi start oldi, hamyurtlarimiz ishtirokini Ulug'bek Rashitov va Nikita Rafalovich boshlab beradi
Bugun Italiya poytaxti Rim shahrida taekvondo WT bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi musobaqa start oldi.
Musobaqaning ilk kunida o'zbekistonlik taekvondo ustalaridan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug'bek Rashitov hamda jahon chempionatining uch karra sovrindori Nikita Rafalovich dayanga chiqadi.
Ular turnirni quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:
-60 kg: Ulug'bek Rashitov - Mitko Jojroev (Bolgariya)
+80 kg: Nikita Rafalovich - Fahed Sbeyhi (Iordaniya).
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar