12 apr 19:58
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Toshkentdagi Jahon chempionatida ilk medalni qo'lga kiritdik
Toshkent shahrida taekvondo bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati start oldi.
Bugun musobaqaning dastlabki kun bellashuvlari tashkil etildi.
Quvonarlisi, ilk kungi bellashuvlardayoq O'zbekiston terma jamoasi medalga ega chiqdi. Jamoamizning +78 kg vazn toifasidagi vakili Alisher Pak o'zining ishonchli chiqishi orqali musobaqaning final bosqichiga qadar etib keldi.
Hal qiluvchi jangda Alisherga Koreya Respublikasi vakili Eom Simok raqiblik qildi. SHiddatli bahsda taekvondo vatani sharafini himoya qiluvchi Eom Simokning qo'li baland keldi.
SHunday bo'lsa-da, yosh sportchimiz Alisher Pak Toshkent mezbonligidagi dunyo birinchiligida terma jamoamizning ilk medaliga mualliflik qildi. Dastlabki kun yakuniga ko'ra, hisobimizda kumush medali mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar