13 apr 18:26
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Yosinbek Odilov - Jahon chempioni!
Toshkent shahrida taekvondo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent-2026 Jahon chempionatida ikkinchi medalini qo'lga kiritdi. -48 kg vazn toifasidagi vakilimiz Yosinbek Odilov musobaqada faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Yosinbek final bahsida O'mon vakili Dovud Al-Yusufi bilan bahs olib bordi. Quvonarlisi, mazkur qarama-qarshilikda hamyurtimizning qo'li baland keldi - 2:0.
Yosinbek Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalini qo'lga kiritdi. Hozirda hisobimizdagi medallar soni 2 tani tashkil etmoqda: 1 ta oltin va 1 ta kumush.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar