12 mar 18:57
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz “Dutch Open” turnirini beshta medal bilan yakunlashdi
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven shahridada o'tayotgan “Dutch open” musobaqasidagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtlarimiz unda 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Murosasiz bahslarda Jasur Jaysunov (-74 kg), SHuhrat Salev (-80 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) oltin medalga sazovor bo'lishdi. Yangi vazn toifasida ikkinchi bor ishtirok etgan Ulug'bek Rashitov (-74 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) bronza medali sohibiga aylandi. Qayd etish joiz, -74 kg vazn toifasining yarim finalida Jaysunov hamda Rashitov o'zaro to'qnash kelishgan.
Oltin medal:
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: SHuhrat Salev
-87 kg: Nikita Rafalovich
Bronza medal:
-74 kg: Ulug'bek Rashitov
+73 kg: Svetlana Osipova
Endi terma jamoamiz 18-19 mart kunlari o'tadigan "Belgian Open" musobaqasida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar