12 iyu 13:22
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz Gran-pri musobaqasini ikkita medal bilan yakunlashdi
Italiyaning Rim shahrida taekvondo WT bo'yicha Gran-pri musobaqasi o'z poyoniga etdi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medalini qo'lga kiritdi. -68 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan Ulug'bek Rashitov oltinga sazovor bo'lgan bo'lsa, Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasida kumush medal bilan taqdirlandi.
Terma jamoamizning qolgan azolari bu gal shohsupaga ko'tarila olmagan bo'lsalar ham, Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni jamg'arishdi.
Qayd etish joiz, ushbu Gran-prida O'zbekiston terma jamoasi 8 yildan so'ng ilk bor oltin medalga sazovor bo'ldi. Hali hech bir Gran-prida 1 ta oltin va kumush medalini qo'lga kiritmaganimizni inobatga olsak, Rimda tarixiy natija qayd etildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar