So’nggi yangiliklar

14:51Гандбол. Ёшларимиз Эронга қарши Жаҳон чемпионати чиптаси учун паркетга чиқишди 0 14:26Нурмагомедов Царукянга "ответ" қилди: "У иккита жанг ўтказгунича, мен тўрт марта чемпионлик камаримни ҳимоя қилдим" 0 13:56Нурмагомедов Двалишвилига лақабини ўзгартиришни таклиф қилди 0 13:15ПСЖ катта миқдордаги жаримага тортилди 0 12:48"Хантер" Ишимбаев: "Хамзатга тайёргарлик кўргандим, Қурбонов ҳам жиддий рақиб" 0 12:14Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бошланди 0 11:43Пратес Махачевни мағлуб этиш калитини унинг Гэрри билан жангида топди 0 11:06Ўзбекистон кубоги. Бугун бизни супер тўқнашув кутиб турибди 0 10:39UFC Том Аспиналлнинг мақомини тасдиқлади 0 10:12Lausanne Grand Slam 2026. Бугун тўрт нафар дзюдочимиз татамига чиқади 0 09:44Илнар Ишимбаев ва Бобур Қурбонов Prime FL турнири олдидан вазн ўлчаш маросимидан ўтди 0 09:17Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:49Царукян ва Ковингтон иштирокидаги жанглар бошқа муддатга кўчирилди 0 08:182026 йилда энг кўп нокаут қайд этилган UFC дивизиони маълум қилинди 0 19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0

09 apr 10:05
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilarimiz Toshkentda ettita xorijiy terma jamoa bilan birgalikda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishmoqda

Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi qo'shni Qozog'iston termasi bilan birgalikda 3 aprel kuni Toshkent shahridagi associaciya bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan edi.

Kecha esa poytaxtimizga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning ushbu sport turi bo'yicha milliy terma jamoalari katta tarkibda etib keldi. Bugun ular qatoriga Belarus va Iordaniya termalari ham qo'shiladi. SHu tariqa, sakkizta terma jamoa ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkaziladi.

Qo'shma yig'in doirasida mashg'ulotlar 21 aprelga qadar davom etadi. Mashg'ulotlar davomida har bir sportchining sinov sparringlarida ishtirok etishi belgilangan.

Ahamiyatlisi, Toshkentdagi yig'inda Olimpiada va Jahon chempionatlarining bir qator g'olib va sovrindorlari ishtirok etmoqda, jumladan, Mohamed Xalil Jendubi (58 kg vaznda Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori);

Ulug'bek Rashitov (68 kg vaznda Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi); 

Liang Yushuai (68 kg vaznda Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori);

Firas Katusi (80 kg vaznda  Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi);

Svetlana Osipova (+67 kg vaznda Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining vece chempioni);

Saleh Elsharabati (80 kg vaznda Tokyo-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori);

Georgi Gurtsiev — 2023-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sohibi;

Zaid Alhalavani — 2022-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing