09 jan 17:19
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz yilning dastlabki yig'inini boshladi (FOTO)
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq tarkibda poytaxtimizda mashg'ulotlarga kirishdi.
"Universal" sport saroyida o'tkazilayotgan yilning ilk o'quv-mashg'ulot yig'inida jami 45 nafar taekvondochilarimiz ishtirok etishmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilib, unda asosan, sportchilarning texnik va taktik ko'nikmalari ustida ishlanmoqda.
Milliy terma jamoamizning 2026 yilda ishtirok etadigan ilk xalqaro musobaqasi "Fujairah Open" xalqaro ochiq chempionati bo'lishi kutilmoqda. Turnir fevral oyida o'tkaziladi.














































Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar