25 mar 12:11
Yangiliklar
Tailandda yana bir bor madhiyamiz yangradi
Sportchilarimiz kecha kunning ikkinchi yarmida o'tkazilgan startlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana 6 ta medalga sazovor bo'lishdi.
Yosh kanoechilarimizdan tuzilgan to'rtlik ekipaj o'z yosh toifalarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo'ldi. SHuningdek, jamoamiz hisobiga yana 4 ta kumush va 1 ta bronza medallari ham yozib qo'yildi.
SHohsupaga ko'tarilgan sportchilarimiz:
Kattalar, kumush medal:
S-4: Nurislom To'htasin o'g'li, Elyorjon Mamadaliev, Artur Guliev, Vladlen Denisov
K-1: Ekaterina SHubina
K-4: SHohruhbek Azamov, Vilyam Ibragimov, Samandar Haydarov, SHahriyor Mahkamov
Bronza:
S-2: Vladlen Denisov, Gerasim Kochnev
Yoshlar, oltin medal:
S-4: Samandar Nabiev, Muhammadali Mirismanov, Azimjon Sotiboldiev, Kamoliddin Rahmatullaev
Kumush medal:
K-2: Kseniya Ivlieva, Dilshoda Abdurahmonova
Eslatib o'tamiz, kunning birinchi yarmida sportchilarimiz 5 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan edi. SHu tariqa, bugun jamg'arilgan medallar 6 ta oltin, 9 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Malumot uchun, barcha yo'nalishlar 1000 metr masofaga o'tkazildi. Yoshlar toifasi 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida tashkil etildi.
Fikrlar