18 may 10:09
Yangiliklar
Eshkak eshish
Nilufar va SHohsanam Brandenburgdagi Jahon kubogida ham shohsupaga ko'tarildi
Germaniyaning Brandenburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogi bosqichida O'zbekiston terma jamoasi azolari navbatdagi medalga sazovor bo'lishdi.
Ayollar o'rtasida 200 metr masofaga juftlikda kechgan kanoechilar bahsida yurtdoshlarimiz Nilufar Zokirova hamda SHohsanam SHerzodova bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogi
200 metr, ayollar juftlik:
1. CH.SHuay / V.Lin (Xitoy) – 42.88
2. D.Sirilo / I.Lopez (Kuba) – 43.03
3. N.Zokirova / SH.SHerzodova (O'zbekiston) – 43.71.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar