17 dek 10:27
Yangiliklar
Tajribali grossmeysterimiz Malayziyada sovrindor bo'ldi
O'z tarixida to'rtinchi bor tashkil etilgan Johor International Chess Open 2017 musobaqasida 20 davlatdan 105 nafar ishtirokchi g'oliblik uchun dona surdi. Ular orasida o'zbekistonlik shaxmatchilar ham bor edi.
Hamyurtlarimiz orasida 9 tur yakunlariga ko'ra eng yaxshi natijani xalqaro grossmeyster Tohir Vohidov qayd etdi. Tajribali shaxmatchimiz 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, 3-o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindagi shaxmatchi ham 7 ochko to'plagan edi.
Yosh xalqaro master, jahon chempioni Javohir Sindarov 6.5 ochko bilan 6-o'rinni band etdi. Xalqaro grossmeysterimiz Aleksey Barsov esa 6,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-pog'onadan joy oldi.
Hindistonlik grossmeyster Venkatesh 7,5 ochko bilan musobaqa g'olibiga aylandi. O'n bir yoshli shaxmatchimiz Javohir Sindarov aynan chempion grossmeyster bilan durang natija qayd etgandi.
Fikrlar