09 mar 09:17
Yangiliklar
SHaxmat
Tarixda ilk bor ikki o'zbek shaxmatchisi Top-10 reytingida!
Klassik shaxmat bo'yicha live reytingida ikki o'zbekistonlik grossmeyster dunyoning Top-10`taligiga kirdi.
Bunga Uesli Soning Amerika Kubogi turniridagi omadsiz ishtiroki natijasida live reytingda minus to'qqiz ochko yo'qotib, kuchli o'ntalikni tark etgani sabab bo'ldi. Natijada Javohir Sindarov reyting jadvalida 12-pog'onadan 10-o'ringa ko'tarilib oldi. Nodirbek Abdusattorov Vinsent Keymerni ortda qoldirib, 4-o'ringa yuqoriladi.
SHu tariqa tarixda ilk bor ikki o'zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov bir vaqtning o'zida jahonning Top-10 reytingidan joy oldi.

Havola :
Fikrlar