So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

14 apr 21:19
Yangiliklar

SHaxmat

Tarixiy natija - Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri" g'olibi sifatida Jahon toji uchun o'ynaydi!

Kiprning Peyya shaharchasida o'tkazilayotgan mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri" yakuniga bir tur qolganida Javohir Sindarov muddatidan avval chempionlikka erishdi.

Hozirgina grossmeysterimiz 13-turda qora donalarda o'ynaganiga qaramay, niderlandiyalik Anish Giri bilan durang qayd etdi. Aynan Giri Sindarovning eng yaqin taqibchisi bo'lib, o'rtadagi farq ikki ochkoni tashkil etayotgandi. Bugungi durangdan keyin ikki ochkolik farq saqlanib qoldi va ertaga o'tkaziladigan so'nggi 14-tur natijasidan qati nazar, Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri" chempioniga aylandi. Javohirning ochkolari 9,5, Giriniki 7,5 taga etdi. 

Malumot uchun, amaldagi Jahon Kubogi g'olibi bo'lgan Javohir Sindarov Jahon toji uchun o'ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o'zbek shaxmatchisi hisoblanadi. O'n to'rt turdan iborat mazkur turnir g'olibi jahon toji uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi dona surish huquqini qo'lga kiritardi. Musobaqani mag'lubiyatsiz yakunlayotgan Javohir ana shu yagona yo'llanma sohibiga aylandi. 

Gukesh Dommarajuga qarshi Jahon toji uchun match shu yilning noyabr oxiri yoki dekabr oyi boshida bo'lib o'tadi. Hozircha match manzili aniq emas. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing