23 jan 07:03
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/27241_220.jpg)
Tarkibida dunyoning eng qimmat himoyachisi bo'lgan “Liverpul” mag'lubiyatga uchradi
Angliya Premer-ligasining 24-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.
“Suonsi” klubi o'z maydonida “Liverpul” jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol 40-daqiqada Mouson tomonidan kiritildi.
Tarkibida dunyoning eng qimmat himoyachisi Virgil van Deyk bo'lgan mersisaydliklar mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Deyk o'z debyutini mag'lubiyat bilan qarshi oldi.
APL. 24-tur
Suonsi – Liverpul 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 40 Mouson.
Suonsi – Fabianski, Noton, van der Xorn, Fernandes, Mouson, Olsson, Dayer (Kerroll, 64), Fer, Ki Son En, Klukas, Ayyu (Boni, 79).
Liverpul – Karius, Gomes, Matip, van Deyk, Robertson, Jan, Veynaldum (Ingz, 73), Salax, Oksleyd-CHemberlen (Lallana, 68), Mane, Firmino.
Ogohlantirishlar: Robertson (44), Matip (45).
Havola :
Fikrlar