05 dek 09:09
Yangiliklar
Xokkey

Tasdiqlandi! "Humo Arena" Yangi yil arafasida KXL o'yinini qabul qiladi
22 dekabr kuni "Humo Arena" majmuasida O'zbekiston tarixida ilk bor KXL chempionati o'yini bo'lib o'tadi.
Unda Minskning "Dinamo" hamda Moskvaning "Spartak" jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Uchrashuv KHL World Games tadbiri doirasida bo'lib o'tadi.
O'yin kuni "Humo" yosh tarbiyalanuvchilari Olimpiya chempionlari, ko'p karra jahon chempionlari Ilya Kovalchuk, Valeriy Kamenskiy, shuningdek, uch karra jahon chempioni, ikki karra Gagarin kubogi sohibi Sergey Fyodorov ishtirokidagi mahorat darslarida ishtirok etadi.
O'zbekiston KXL uchrashuvlari o'tkaziladigan 16-mamlakat, Toshkent esa 49-shaharga aylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar