17 iyu 19:01
Yangiliklar
Xokkey

"Tashkent Select" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qozog'iston kubogini o'tkazib yuborishi mumkin
"Golovoy ob Lyod" nashrining malum qilishicha, xokkey bo'yicha "Tashkent Select" yoshlar jamoasi Qozog'iston kubogi-2025 turnirida ishtirok etmaydi.
"O'zbekiston yoshlar terma jamoasi – "Tashkent Select" xokkey klubi bir necha soat avval poytaxtdan uncha uzoq bo'lmagan joyda bo'lib o'tadigan yig'inga jo'nab ketdi. Ammo insayd malumotlarga ko'ra "Tashkent Select" bu yil kuzda bo'lib o'tadigan Qozog'iston kubogida ishtirok etmasligi ehtimoli katta. Hozircha ularning turnirdagi ishtiroki moddiyat bilan bog'liq katta savol ostida turibdi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, klubning yangi mavsumda yoshlar o'rtasidagi Qozog'iston chempionatida ishtirokini davom ettirishi malum qilingandi.
Havola :
Manba : t.me/GolovoiObLed
Fikrlar