17 jan 07:01
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel-2023". Bugun Eron va hindistonlik raqiblarga qarshi dona suramiz
SHu kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri shaxmat bo'yicha nufuzli xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda.
Bugun "Masters" va "CHellenjer" musobaqalarida 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" turnirida mag'lubiyatsiz odimlayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) bugun oq donalarda eronlik Parxam Magsudlu (2719)ga qarshi bahs olib boradi.
"CHellenjer" guruhida ishtirok etayotgan Javohir Sindarov (2654) esa hindistonlik grossmeyster Adhiban (2610) bilan hisob-kitob qiladi. Bugun qora donalarda o'ynaydigan Sindarov 2 ochkoga ega bo'lib, peshqadamlar safida bormoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar