16 jan 14:23
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel-2023". Nodirbek bugun Gukeshga qarshi o'ynaydi, Javohirning raqibi ham hindistonlik
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha xalqaro nufuzli musobaqa davom etmoqda.
Hozircha musobaqa doirasida 2 ta tur ortda qoldi. Unga ko'ra, "Masters" guruhidagi Nodirbek Abdusattorov 1 g'alaba va 1 durang bilan 1,5 ochko, "CHellenjer" guruhidagi Javohir Sindarov esa 2 ta durangdan so'ng 1 ochkoga ega bo'lib turibdi.
Bugun musobaqa doirasida 3-tur bahslari o'tkaziladi. Uning doirasida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Dommardju Gukesh bilan, Javohir Sindarov esa oq donalarda boshqa bir hindistonlik R.Vaishali bilan o'ynaydi.
Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar