28 jan 09:56
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2023". Nodirbek Abdusattorov bugun Uesli So bilan o'ynaydi (+turnir jadvali)
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri o'zining eng qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Kecha Nodirbek Abdusattorov guruhdagi eng yaqin taqibchisi Anish giri bilan, Javohir Sindarov esa boshqa bir mezbon sportchi Maks Varmerdam bilan durang o'ynagandi.
Bugun musobaqada 12-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Tur doirasida "Masters "guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qora donalarda amerikalik Uesli So bilan o'ynaydi.
Nodirbek 7,5 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turibdi. Uesli so esa 6,5 ochko bilan 4-o'rinda joylashgan.
"CHellenjer" guruhida esa Javohir Sindarov eronlik Amin Tabatabaiga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Javohir 11-turdan so'ng 7 ochkoga ega va 3-o'rinni band etgan.
O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar