27 jan 07:41
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2023". Nodirbek bugun eng yaqin taqibchisi bilan o'ynaydi, Javohir ham mezbonga qarshi (+turnir jadvali)
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahridagi "Tata Steel Chess-2023" turniri o'zining eng qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Bir kunlik tanaffusdan so'ng bugun musobaqa doirasida Nodirbek Abdusattorov eng yaqin taqibchisi, niderlandiyalik Anish Giri bilan qora donalarda o'ynaydi. Ayni paytda shaxmatchilar 1 va 2-o'rinni egallab turishibdi. Abdusattorov 7, Giri esa 6,5 ochkoga ega.
"CHellenjer" guruhida esa Javohir Sindarov mezbon Mak Varmerdamga qarshi dona suradi. Ayni paytda Sindarov 6,5 ochko bilan, o'z guruhida 3-o'rinni band etgan. Uning bugungi raqibi esa 4,5 ochko bilan 10-o'ringa joylashgan.
O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar