So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

21 jan 17:33
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess-2023. Nodirbek durangchi Arjunga, Javohir esa Elin xonimga qarshi o'ynaydi

SHu kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'tkazilmoqda.

Tata Steel Chess-2023 musobaqasida shaxmatchilarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli dona surishyapti. Nodirbek "Masters", Javohir esa "CHellenjer" guruhida o'z mahoratini namoyish etmoqda. 

Birozdan so'ng 7-tur uchrashuvlari start oladi. "Masters", yani kuchlilar guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek bugun qora donalarda Arjun Erigaysiga qarshi bahs olib boradi. Hindistonlik shaxmatchi o'tkazilgan 6 ta partiyaning barchasida raqiblari bilan durang natija qayd etgan. Abdusattorov esa 3 g'alaba va 3 durang bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. 18 yoshli Nodirbekda 4,5 ochko bo'lsa, Arjun 3 ochko bilan 8-pog'onada boryapti.  


"Masters". 7-tur

Arjun Erigaysi (Hindiston, 2722) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2713)

Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2725) - Uesli So    (AQSH, 2760)

Parxam Magsudlu (Eron, 2719) - Fabiano Karuana (AQSH, 2766)

Magnus Karlsen (Norvegiya, 2859) - Rixard Rapport (Ruminiya, 2740)

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2684) - Yorden van Forest (Niderlandiya, 2681)

Levon Aronyan (AQSH, 2735) - Anish Giri (Niderlandiya, 2764)

Vinsent Kaymer (Germaniya, 2696) - Din Lijen (Xitoy, 2811)


Bugun "CHellenjer" guruhida ham 7-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Javohir Sindarov (2654) bu turda niderlandiyalik 17 yoshli Elin Robers (2361)ga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Hamyurtimiz 6 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam Mustafo Yilmaz (Turkiya, 2609) hisobida 4,5 ochko bor. 

Reyting:    

Fikrlar

   
21 jan 18:34:30
Abdulqodir Boxodirovich
TVda koʻrsatadimi
   
21 jan 18:21:30
ТЕМУРБЕК
Левон Аронян Арманистондан эмасмиди???
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing